Sergeev gol urdi, Lobanov penalti qaytardi, O'zbekiston terma jamoasi "Amkar"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017, 21:04
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun Rossiyaning "Amkar" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'yin taqdirini birinchi bo'limda Igor Sergeev urgan gol hal qildi - 1:0. Uchrashuv davomida Aleksandr Lobanov raqiblarning penaltidan tepgan to'pini qaytardi.

11 fevral kuni O'zbekiston terma jamoasi Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.

O'zbekiston - "Amkar" 1:0

Gol:
Igor Sergeev

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Rustam Ashurmatov, Islom To'xtaxo'jaev, Stanislav Andreev, Salamat Qutiboev, Azim Ahmedov, Davron Hoshimov, Jamshid Iskanderov, Eldor Shomurodov, Marat Bikmaev, Igor Sergeev.

"Amkar": Xomich, Konde, Zanev, Zaycev, Gigolaev, Milkovich, Ogude, Komolov, Gol, Kostyukov, Bodul.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia