

Uchrashuv mezbon "Al Ittixod"ning yirik - 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov 80-daqiqada Gonsalo Martinesning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi.
Eslatib o'tamiz, chempionatda ayni paytda 47 ochko bilan "Al Ittixod" yaqqol yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Al Shabab"da 40 ochko bor. "Al Nassr" esa 38 ochko to'plab, uchinchi o'rindan joy olgan.



