Sarri: "Angliyada futbolchilar bilan taktik mashg'ulotlar o'tkazish qiyin"

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019, 16:17
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Italiya va Angliyada ishlashning farqi haqida gapirib berdi.

"Ideal tayyorgarlikka ega bo'lish uchun uchun qancha vaqt kerak bo'lishini aniq aytib bo'lmaydi. Bazida uch oy kerak bo'ladi, bazida esa bir yoki bir yarim mavsum. Hozir Angliyadagi ilk mavsumimni o'tkazyapman va asta-sekinlik bilan bazi narsalarni tushunib boryapman. Bu yerda ko'p narsa boshqacha, shu sababli ko'nikish qiyin bo'lmoqda. Angliyada mentalitet boshqacha.

Masalan, ingliz futbolchilari bilan intensiv mashg'ulotlar o'tkazish oson, ammo taktik mashg'ulotlarda qiynalasiz. Italiyada hammasi aksincha. Bu yomon yoki yaxshi emas, shunchaki boshqacha" - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports