Samba KPR dan Anjiga qaytmoqda

2 iyul 2013, 15:53
Sky xabariga ko'ra KPR himoyachisi Kristofer Samba kutilmaganda Rossiya premer ligasi vakili Anji jamoasiga 18 million AQSH dollari evaziga qaytmoqda.

Himoyachi Reyndjerlarning eng qimmat maosh oluvchi futbolchilaridan biri, ammo endi klub o'zining yanvar oyida amalga oshirgan transfer harajatlarini qaytarish maqsadida.

Bundan avval klubni Jabriel Sisse ham tark etgandi. Bu bilan jamoa bosh murabbiyi Xarri Rednap tarkibni Chempionshipga moslash maqsadida ushbu qimmat o'yinchilarni sotmoqda. Yuqoridagi futbolchilarga shuningdek Loich Remi ham qo'shilishi kutilmoqda.

Sambaning Angliyadagi maoshi haftasiga 155 ming AQSH dollari edi. U aprel oyida KPR ning Fulxemga qarshi uchrashuvida qo'pol xatoga yo'l qo'yganligi oqibatida jamoasi mag'lubiyatga uchragandi. Shundan so'ng ko'pchilik muhlislar tomonidan tanqidga olingandi.


Manba: skysports.com