Saloh: "Sayyoradagi eng yaxshi futbolchiman. Boshqani tanlash kerak bo'lsa, uni ham aytaman"

Оқил Абдубарноев
27 may 2022, 19:10
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ayni damdagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finali oldidan BT Sport nashriga bergan intervyusida Salohdan "O'zingizni sayyoradagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaysizmi?", deb so'rashdi.

"Ha, men shunday degan bo'lardim", dedi Saloh. - O'ylashimcha, shunday. Siz boshqasini tanlaysizmi yoki yo'qmi, fikringizni hurmat qilaman. Lekin bu mening qarashim.

Agar meni qabul qilmasangiz, Benzemani tanlagan bo'lardim", - dedi misrlik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BT Sport