Saloh "Liverpul"da yana bir rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
20 avg 2023, 13:31
APLning 2-turida "Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh "Bornmut" darvozasini ishg'ol qildi.

36-daqiqada misrlik futbolchi penaltidan unumli foydalana olmadi, undan qaytgan to'pni darvozaga kiritdi.

"Opta" ma'lumotiga ko'ra, Saloh "Liverpul" tarkibida APLda so'nggi 10 o'yinda gol yoki assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Shuningdek, u bunday natijani 2015 yil Jeymi Vardidan keyin ilk marta takrorlagan futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta