Salamat Quttiboev: "Bugun o'yinimiz unchalik o'xshamadi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2024
Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa a'zosi Salamat Quttiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida


- " Sho'rtan" yaxshiroq o'ynadi. Bunaqa o'yin kutmagandik. Bizning o'yinimiz bugun unchalik o'xshamadi.


- Bugun "Aral" ochko oldimi yoki yo'qotdimi?


- Buni bilmayman to'g'risi. Oldi desa ham bo'ladi, yo'qotdi desa ham. 


- Durang natijaga mos o'yin bo'ldimi?


- Ha, shunday desa ham bo'ladi. Ikkinchi bo'limda natijani ushlab qolishga intildik. "Sho'rtan" yutib kyetishi ham mumkin edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia