

- Bugungi, Avstraliya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
- Bugungi uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsam, o'yin biz uchun qiyin kechdi. Avstraliya terma jamoasi ham o'ziga yarasha kuchga ega. Birinchi bo'lib gol urganimiz biz uchun yaxshi bo'ldi.
- Keyingi bosqichda Vetnam yoki Tailand terma jamoalariga qarshi maydonga chiqasizlar. Ushbu terma jamoalar haqida qanday fikr bildirasiz?
- Ushbu terma jamoalar o'yini oldidan hech nima deya olmayman. Biz keyingi bosqichda har qanday terma jamoaga qarshi munosib o'yin ko'rsatamiz.
- Osiyo chempionati haqida qanday fikr bildirasiz?
- Osiyo chempionati juda ajoyib o'tmoqda. Barcha sharoitlar bizlarga yaratib berilgan. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarning qo'llab – quvvatlashlari esa a'lo darajada.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.



