Ryudiger "Real"ga o'tgani haqida gapirdi

Alisher
9 iyun 2022, 17:17
Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger "qaymoqranglilar" tarkibiga o'tgani haqida gapirdi.

"Ehtimol, bu butun faoliyatim davomidagi eng muhim qarordir. Ko'plab suhbatlar bo'ldi, ammo to'g'risini aytsam, men "Real" va "Chelsi"dan birini tanladim.

Adashmasam, "Real" birinchi bo'lib sentyabr yoki oktyabrda men bilan bog'landi. Bunday klub har kuni ham sizni chaqirmaydi va bu aqlbovar qilmas hodisa bo'ldi", – deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi "Real"ga "Chelsi"dan erkin agent maqomida o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca