Ryudiger diskvalifikaciya qilinmaydi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2021, 00:15
Germaniya termasi himoyachisi Antonio Ryudiger Fransiya termasi xavbeki Pol Pogba bilan bo'lgan voqelik uchun jazolanmaydigan bo'ldi.

Birinchi bo'lim so'ngida germaniyalik futbolchi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisining ortidan ushlab qo'lidan tishlashga urindi. Pol bo'lgan ishni bosh hakamga ma'lum qildi. Ammo Karlos del Serro Grande nemisga kartochka ko'rsatmadi.

Shu boisdan UEFA ham epizod uchun ish olib bormaydi. O'z navbatida o'yindan keyin Pogbaning o'zi ham UEFAga murojaat qilib, Ryudigerni diskvalifikaciya qilmaslikni so'ragan.

O'xshash yangiliklar

Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal