Runi: "Mourinyo bizga g'oliblik ruhiyatini singdirib bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2016, 11:01
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi Joze Mourinyo haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Yangi murabbiy kelganida doim o'zgacha hissiyotlar bo'ladi. Mourinyo darajasidagi murabbiy kelsa butkul o'zgacha. U jamoaga g'oliblik ruhiyatini singdirib bo'ldi. Futbolchilar bilan munosabati fantastik. Mashg'ulotlar og'ir, lekin yoqimli. Menimcha jamoani kuchaytiradigan futbolchilar bilan shartnoma tuzdik", - deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: A bola