

Bu haqda Boshqirdiston klubi bosh direktori Shamil Gazizov ma'lum qildi.
"Ikki-uch, uzog'i besh kunning ichida transferni e'lon qilamiz. Bu yosh va istiqbolli chet ellik futbolchi", - deydi Gazizov.
Bu katta ehtimol bilan hamyurtimiz Oston O'runov bo'ladi. "Lokomotiv" sobiq o'yinchisi anchadan beri "Ufa" bilan birga. U hatto nazorat o'yini doirasidagi "Ayya-Napa"ga qarshi o'yinda gol urishga ham erishdi.
Eslatib o'tamiz, O'runov o'tgan mavsum "Loko" safida O'zbekiston chempionatida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.




