RPL klubi tez orada o'zbekistonlik futbolchining transferini e'lon qiladi

Alisher
6 fev 2020, 16:56
"Ufa" tez orada Oston O'runovning transferini e'lon qiladi.

Bu haqda Boshqirdiston klubi bosh direktori Shamil Gazizov ma'lum qildi.

"Ikki-uch, uzog'i besh kunning ichida transferni e'lon qilamiz. Bu yosh va istiqbolli chet ellik futbolchi", - deydi Gazizov.

Bu katta ehtimol bilan hamyurtimiz Oston O'runov bo'ladi. "Lokomotiv" sobiq o'yinchisi anchadan beri "Ufa" bilan birga. U hatto nazorat o'yini doirasidagi "Ayya-Napa"ga qarshi o'yinda gol urishga ham erishdi.

Eslatib o'tamiz, O'runov o'tgan mavsum "Loko" safida O'zbekiston chempionatida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Р-Спорт