Rossiya premer ligasi. Galiulindan golli uzatma, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

9 avg 2017, 23:59
Rossiya chempionatining 5-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.


"Rostov" ushbu turda o'z maydonida Moskvaning "Dinamo" jamoasini Kalachevning yagona goli evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
"Rostov" safida o'ynayotgan Eldor Shomurodov "Dinamo"ga qarshi o'yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Boshqa bir hamyurtimiz harakat qiladigan "Tosno" esa SSKA bilan kuch sinashdi va o'z uyida o'tgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Tosno"ning yagona goli Galiulinning ajoyib uzatmasidan keyin Zabolotniy tomonidan kiritildi. Ammo SSKA yakunda g'alabani o'z tomoniga og'dirib olishga erishdi.

Amaldagi chempion "Spartak" esa "Arsenal" Tulani ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi.

Turning e'tiborga molik uchrashuvi Qozonda bo'ldi.
Qurbon Berdiev boshqaruviga o'tgan "Rubin" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi.


Rossiya chempionati, 5-tur. Turnir jadvali.


Spartak – Arsenal Tula 2:0 (1:0, 1:0)

Otkrytie Arena

Gollar
: 1:0 – 20 Promes, 2:0 – 84 Ze Luish.

Spartak
– Selixov, Tashchi, Petkovich (Eshhenko, 62), Tigiev, Djikiya, Samedov, Timofeev (Glushakov, 31), Ananidze (Popov, 65), Pashalich, Promes, Ze Luish.

Arsenal Tula
– Gabulov, Denisov, Belyaev, Alvares, Tkachev, Aleksandrov, Chaushich, Maksimov (Gorbatenko, 62), Berxamov (Bourchanu, 21), Shevchenko, Djordjevich (Sikoev, 77).

Ogohlantirishlar
: Tigiev (24), Alvares (45), Samedov (64), Denisov (75), Belyaev (90).


Tosno – SSKA 1:2

Elektron

Gollar
: 0:1 – 49 Olanare, 1:1 – 56 Zabolotnyy, 1:2 – 62 Dzagoev.

Tosno
– Yurchenko, Buyvolov, Chernov, Abazov (Melkadze, 58), Dugalich, Galiulin, Karnickiy, Kazaev (Mirzov, 40), Nunu Rosha, Markov (Troshechkin, 63), Zabolotnyy.

SSKA
– Pomazun, Berezuckiy, Ignashevich, Vasin, Nababkin, Golovin (Dzagoev, 56), Natxo (Vernblum, 81), Milanov, Fernandes, Olanare, Chalov (Vitino, 57).

Ogohlantirish
: Vasin (86).


Rubin – Lokomotiv 1:1 (0:0, 1:1)

Kazan-Arena

Gollar
: 1:0 – 62, penalti Jemaletdinov, 1:1 – 90 Kverkveliya.

Rubin
– Ryjikov, Granat, Kambolov (Kuzmin, 83), Kudryashov, Nabiullin, Ozdoev, Mvila, Jemaletdinov (Song, 68), Bauer, Azmun, Jonatas.

Lokomotiv
– Gilerme, Kverkveliya, Peychinovich, Rybus, Miranchuk, Barinov (Koryan, 68), Miranchuk, Igor Denisov, Fernandesh, Tarasov (Galadjan, 75), Ignatev.

Ogohlantirishlar
: Azmun (36), Miranchuk (36), Jonatas (36), Denisov (51), Barinov (61), Ignatev (84), Ryjikov (90).

Chetlatish
: Jonatas (52).


Rostov – Dinamo 1:0

Olimp-2

Gol
: 1:0 – 19, penalti Kalachev.

Rostov
– Pesyakov, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Mevlya, Gackan, Zuev (Dumbiya, 75), Kalachev (Yusupov, 68), Mogilevec, Bayramyan, Dyadyun (Eldor Shomurodov, 87).

Dinamo
– Shunin, Xolmen, Terexov, Morozov, Shunich, Katrich (Temnikov, 71), Zotov, Sou, Tashaev, Vanderson, Panchenko.

Ogohlantirishlar
: Sou (11), Gackan (15), Terexov (17), Bayramyan (21), Katrich (21), Ingason (26), Parshivlyuk (56).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia