Rossiya. 5-tur. Ahmad Musa SSKAga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2013, 16:56
Rossiya premer ligasida 5-tur o'yinlari davom ettirildi.
Moskvada mamlakat chempioni SSKA "Kuban"ni qabul qilib 1:0 hisobida zafar quchdi. O'yindagi yagona golni 11-daqiqada Xonadning pasidan so'ng Ahmad Musa urdi. Bugun yana 2ta o'yin bo'lib o'tsa ("Krilya Sovetov" - "Tom" va "Krasnodar" - "Dinamo"), turning so'nggi uchrashuvi 19 avgust kuni "Rostov" va "Volga" o'rtasida kechadi.

SSKA – Kuban 1:0 (1:0, 0:0)
18 avgust, Arena Ximki
Gol:
1:0 – 11 Musa (Xonda). 
SSKA – Akinfeev, Nababkin, Ignashevich, V.Berezuckiy, Shennikov, Vernblum, Cuber, Musa, Xonda (Milanov, 90), Dzagoev, Dumbiya (Toshich, 73). 
Kuban – Belenov, Kozlov, Shandao, Dealbert, Bugaev, Tlisov, Kabore (Sosnin, 80), Coraev (Urenya, 63), Popov, Bukur, Sisse (Balde, 74).
Ogohlantirishlar:  Kabore (19). 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia