Ronaldudan navbatdagi rekord

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2021, 21:15
Ayni daqiqalarda Evro-2020 ilk turidan o'rin olgan Vengriya – Portugaliya bahsi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Krishtianu Ronaldu navbatdagi rekordni qayd etdi. U beshta Yevropa chempionatida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.

Qita birinchiligining 4 ta final bosqichida faqatgina 17 futbolchi ishtirok etgan. Ispaniyalik Iker Kasilyas beshta Evro uchun qaydnomadan o'tgan, ammo u 2000 va 2016 yillardagi musobaqalarda zaxirada qoldirilgandi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2004 yil Yevropa chempionatida debyut qilib, finalgacha yetib borgan. 2016 yil esa u jamoadoshlari bilan chempionga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru