Ronaldu terma jamoasi safida 4 o'yindan beri gol urolmayapti

28 mar 2021, 08:56
JCH-2022 saralash bahslari doirasida Portugaliya termasi safarda Serbiya bilan (2:2) jangovar durangga imzo chekdi.

Bellashuvda portugallar hujumchisi Krishtianu Ronaldu foydali harakatni amalga oshira olmadi. U “gol+pas” tizimida terma jamoasi tarkibidagi so'nggi to'rtta uchrashuv birorta ham foydali ishni amalga oshirgani yo'q. Serbiyadan oldinroq Fransiya (0:1), Xorvatiya (3:2), Ozarbayjon (1:0) termalariga qarshi bellashuvlarda ham Kritshtanu raqiblari darvozasiga gol ham urolmadi, sheriklariga golli uzatmani ham oshirib bera olgani yo'q. Bu bellashuvlarning barchasida u 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Krishtianu terma jamoasi safida so'nggi marta 11 noyabr kuni  - Andorraga (7:0) qarshi bahsda gol urib, golli uzatmani amalga oshirgandi.

“Yuventus” tarkibida hujumchi A Seriyaning 24 ta uchrashuvida 23 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru