

32 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkinligi portugaliyalik soliq to'lamaslikda ayblanganidan so'ng paydo bo'lgan edi.
Biroq ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik forvard Madrid klubida qolishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 2011-2014 yillar oralig'ida 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblagan edi.
Oldinroq xabar qilinganidek, futbolchi 31 iyul kuni Ispaniya sudi qarshisida ko'rsatma beradi.


