Ronaldu agar Kavani ketmasa, APL qoidalari sabab 7-raqamni ololmaydi. Xo'sh, qaysi raqamlar bo'sh?

Alisher
28 avg 2021, 07:06
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytmoqda.

Hali 36 yoshli portugaliyalik futbolchining qaysi raqamda o'ynashi haqida rasmiy ma'lumot berilgani yo'q.

Ammo, APL qoidalariga ko'ra, Ronaldu "Yuventus", "Real" va MYUda harakat qilgan 7-raqamini ololmaydi. Bu raqam hozirda Edinson Kavani tegishli. Liga qoidalari mavsum davomida raqam almashtirishni taqiqlaydi.

Ronaldu agar Kavani ketsa, bemalol ettinchi raqamni olishi mumkin. Ammo, manbalarning ma'lumotiga ko'ra, Kavani va MYU yozda xayrlashishmoqchi emas.

Hozirda Ronaldu uchun 12, 15, 24, 30, 31, 33 va 35 raqamlari bo'sh.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footyheadlines.com