Ronaldo PSJning YCHLda g'olib chiqish imkoniyatini baholadi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 18:01
Braziliyalik sobiq hujumchi Ronaldo yozgi katta transferlarni amalga oshirgan PSJning YCHLda g'olib chiqishi haqida gapirdi.

"Chempionlar Ligasida kim g'olib chiqishi haqida fikr bildirishga hali erta. Gapirish boshqa, o'ynash boshqa. Chorak finaldan boshlab g'olib chiqadigan jamoalar ko'zga tashlana boshlaydi. Futbolda ko'p omillar bor. Masalan, men besh yil "galaktikos" tarkibida to'p tepdim. Lekin YCHLni yuta olmadim. G'alabani matematik yo'l bilan hisoblash mumkin emas. Hattoki tarkibingizda eng yaxshi futbolchilar bo'lsa ham. Bu PSJga ham tegishli",- deydi Ronaldo. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN