Ronaldo futbolchilik faoliyatini qayta tiklashi mumkin

Narzulla Saydullayev
13 dek 2014, 13:20
Braziliya terma jamoasi safida ikki karra Jahon chempioni bo'lgan 38 yoshli hujumchi Ronaldo AQSHda futbolchilik faoliyatini qayta tiklashi mumkin, deb xabar bermoqda Estadao nashri.
Ronaldo o'zi xo'jayinlardan biri hisoblangan "Fort-Loderdeyl Straykers" klubida o'ynamoqchi.

"Jamoa rivojlanishida va tanilishida faol ishtirok etaman. Ishonch bilan ayta olamanki AQSHda futbol jadal suratlarda rivojlanmoqda", - deydi Ronaldo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net