Ronaldo: “Chempionlar ligasida “Real”, “Barselona” yoki nemis klubi g'olib chiqishi mumkin”

Tolibjon Qosimov
24 sen 2013, 14:45
Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ronaldo, Chempionlar ligasida g'olib bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlar xususida fikr bildirib o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.

Braziliyalikning fikricha, final uchrashuvida ispan yoki nemis klublari bahs olib borishi mumkin ekan.

“Bu musobaqada “Real” g'olib chiqishini istayman. Biroq o'tgan mavsum yaxshi o'yin ko'rsata olgan nemis klublarini ham esdan chiqarmaslik kerak. Albatta, “Real” va “Barselona” klublari har doim favorit hisoblanishgan. Fikrimcha finalga “Real”, “Barselona” yoki nemis klublari chiqadi”, - deya ta'kidladi Ronaldo.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com