Ronaldinyo: "PSJ - dunyoning eng zo'r klubi, Mbappe bu yerda uzoq qoladi. Unda CHLni yutish uchun imkoniyat bor"

Alisher
28 dek 2021, 16:40
PSJ va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo Parij klubi haqida gapirdi.

"Dunyodagi barcha o'yinchilar PSJda o'ynashni xohlaydi. Dunyodagi eng zo'rlari PSJda. Shunday ekan, bu duyoning eng zo'r klubi. Mbappe bu yerda uzoq qoladi deb taxmin qilyapman.

Bugungi PSJ - dunyo etaloni. Mbappening faoliyati uchun Chempionlar Ligasini yutish ajoyib bo'lardi, u yosh va ko'p narsaga erishdi. Unga Chempionlar Ligasi etmayapti deb o'ylayman. Uni PSJ bilan yutsa ajoyib bo'lar edi. 

Barcha uning Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishini tasavvur qilmoqda, unda bu uchun mos o'yinchilar guruhi bor", - deydi Ronaldinyo.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal