"Arsenal"ni erkin agent sifatida tark etgan yarim himoyachi Matyo Flamini faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
32 yoshli futbolchiga "Roma" va "Torino" qiziqish bildirmoqda.
Fransiyalik hozirda "Arsenal" bilan birga shug'ullanib, jismoniy holatini ushlab turibdi. U o'tgan mavsumda Premer-liganing 16 uchrashuvida maydonga tushgan edi.