"Roma" Luis Adriano uchun "Shaxtyor"ga 8 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
2 may 2015, 14:16
"Shaxtyor" hujumchisi Luis Adriano faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga "Roma" da'vogarlik qilmoqda. "Konchilar" yozda hujumchini sotishga urinib ko'radi, chunki futbolchining Ukraina klubi bilan shartnomasi 2016 yilda yakuniga etadi.

Adriano bu mavsum Ukraina chempionatining 18ta uchrashuvida, 8ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com