"Roma" "Chelsi" sobiq murabbiyi bilan muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 14:10
"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte "Roma"ni boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Rim klubi 49 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshladi.

"Roma" mart oyida Eusebio di Franchesko bilan xayrlashdi. Jamoani mavsum oxirigacha Klaudio Raneri boshqaradi.

Rim klubi ayni damda A Seriya turnir jadvalida 51 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica