"Roma" Abrahamni sotishni rejalashtirmayapti

Оқил Абдубарноев
27 mar 2022
“Roma” hujumchi Temmi Abrahamni sotish niyatida emas.

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo 24 yoshli futbolchini Italiya jamoasining buguni va kelajagi deb hisoblaydi.

Avvalroq, hujumchiga Angliya klublari - "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dan qiziqish bo'layotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Jumladan, uning transfer summasi 120 million evro etib baholangandi.

Joriy mavsumda Abraham "Roma" safida barcha turnirlar doirasida 40 o'yinda 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport