Abraxam APLga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
11 yanv 2026
"Aston Villa" ushbu transfer oynasida Temmi Abraxamni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.

28 yoshli Abraxam "Roma"ga tegishli bo'lib, ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilmoqda. U Turkiya chempionatida 17 ta o'yinda 7 ta gol urgan.

Takidlanishicha, "Chelsi" sobiq hujumchisining transferi ijara shartnomasi tufayli murakkab ko'rinmoqda, u ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda 11,2 mln funt evaziga majburiy sotib olishni nazarda tutadi.

Shuningdek, uning maoshi haftasiga 115 ming funt atrofida ekani, bu esa qo'shimcha to'siq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Telegraph