Robin van Persi: "Runi va men birga o'ynashni yoqtiramiz"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2013, 14:59
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persi Ueyn Runi bilan birgalikda harakat qilishni yoqtirishini ta'kidladi.
Yangi mavsumda ular 4 o'yinda birgalikda 4ta gol urishga muvoffaq bo'lishdi.

"Bizga birgalikda o'ynash yoqadi. Menimcha, biz bir-birimizga o'xshab ketamiz. Chunki har ikkimiz ham universal futbolchilarmiz. Har ikkimiz orqaroqda ham so'nggi hujumchi sifatida ham o'ynay olaman. Ikkimiz ham pas berishda yaxshi o'ynaymiz va bu menga juda yoqadi. Ueyn bilan birga o'ynashdan zavq olaman, chunki unda futbolchi uchun kerakli barcha hislatlar mavjud. U bilan hujumlar uyushtirishda, birga ishashda, rivojlanishda davom etar ekanmiz, o'ylashimcha, faqat kuchayib boramiz", dedi van Persi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net