

"Joze do'stim, albatta, men uni ajoyib va hech kimga hech nimani isbotlashi kerak bo'lmagan fantastik murabbiy deb hisoblayman, shu sabab uning telefoni tez orada takliflardan "yonadi".
Men uning faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkinligini eshitdim. Bu Braziliya klubiga bunday kuchli mutaxassisni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyat.
O'ylaymanki, Janubiy Amerikadagi ish Mourinyuning o'ziga ham foyda olib kelishi mumkin, bu foydali tajriba", - deydi Rivaldo.


