

O'yinchiga faol tarzda "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Jamoalar agentlari francuz klubi bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazishdi. O'yinchiga "Arsenal", "Bavariya" va "Nyukasl" qiziqmoqda. "Reyms" Ekitike bilan 35 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Forvard joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etdi. O'yinchining shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



