“Real“ va “Liverpul“ nihoyat kelishuvga erishdi

Khoja
30 may 2025
Madridning “Real” klubi “Liverpul” bilan 15 iyun kuni boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni ispan grandiga o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar“ angliyalik futbolchining iyun oyidagi maoshini qoplaydi, shuningdek, mersisaydliklarga qo'shimcha tovon puli ham to'laydi.

Aleksandr-Arnoldning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan.Avvalroq OAVda “Real” Aleksandr-Arnold bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun “qizillar”ga 1-2 million evro to'lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru