"Real" va "Barselona" "Chelsi" forvardiga da'vogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
3 avg 2025, 11:32
Madridning "Real" klubi "Barselona" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan Jeksonga qiziqmoqda.

Hujumchi yaqinlashayotgan mavsumda katta ehtimol bilan Ispaniya chempionatiga yo'l oladi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" Jeksonni Robert Levandovskining o'rniga uzoq muddatli o'rinbosar sifatida olishni kutmoqda. Ammo, "Real" kataloniyaliklarning rejasini buzishi mumkin.

Yozgi transferlar davrida Madrid klubi bir qator muhim xaridlarni amalga oshirdi. Trent Aleksander-Arnold, Alvaro Karreras va Din Xeysen "Real" futbolchilariga aylanishdi.

Nikolas Jekson 2023 yildan beri "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Hujumchi o'tgan mavsumda APLda 10ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk