"Real Sosedad" "RB Leyptsig" forvardining ijarasini e'lon qildi

Alisher
30 avg 2022, 12:11
Transfer huquqi "RB Leyptsig"ga tegishli bo'lgan norvegiyalik forvard Aleksander Syorlot faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi.

Futbolchining yangi ish joyi "Real Sosedad" bo'ladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tomonlar joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan ijara kelishuvini imzolashdi.

Eslatib o'tamiz, San-Sebastyan klubi Syorlot bilan o'tgan mavsum ham huddi shunday tartibda shartnoma imzolagandi. Skandinaviyalik o'shanda Ispaniya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

"Real Sosedad" La Ligada 3 turdan so'ng jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RealSociedad