"Real" sobiq bosh murabbiyi APLda ishlashni xohlamoqda

Alisher
18 noya 2019
"Real" sobiq bosh murabbiyi Satyago Solari Angliya chempionatidagi jamoani boshqarmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

- Menga APL juda ham yoqadi va men undagi ko'plab o'yinlarni ko'rib boraman. Bu ligani dunyodagi eng yaxshisi deb hisoblayman. U erda misli ko'rilmagan yuqorilash kuzatilmoqda. Premer-ligada eng yaxshi futbolchilar va murabbiylar faoliyat olib borishmoqda. Buning uchun YCHL finalidagi ikki ingliz klubini eslash kifoya. Kelajakda Angliya chempionatidagi jamoani boshqarishni istayman, - deydi Solari.

Eslatib o'tamiz, Solarining so'nggi ish joyi "Real" bo'lgan edi. U "qirollik klubi"ni 2018 yil noyabrdan 2019 yil martiga qadar boshqargan.


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk