"Real" Ronalduning o'rniga "Monako"dan hujumchi topdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2018, 19:44
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao jamoani tark etishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi o'z xizmatlarini "Real"ga taklif qilgan. Biroq "qaymoqranglilar" bu borada yakuniy qarorga kelishmagan.

Kolumbiyalik futbolchi 2013 yilning yozida "Monako"ga o'tgandi. 2014/15 yilgi mavsumda u "Manchester Yunayted", 2016/17 yilda esa "Chelsi" safida ijarada o'ynadi.

Bu mavsumda u 14 o'yinda 4 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. 32 yoshli Falkao "Real"da Krishtianu Ronalduning o'rnida o'ynashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca