"Real" Rodrigoni Olimpiadaga qo'yib yubormaydi

Alisher
17 iyun 2021, 12:48
"Real" hujumchisi Rodrigo Braziliya terma jamoasi tarkibida Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida o'ynamaydi.

Ispan klubi Braziliya futbol konfederatsiyasiga o'yinchining chaqirilishi yuzasidan veto qo'yganini xabar qildi.

"Real"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsumoldi davrida barcha o'yinchilarni ko'rmoqchi.

Braziliya terma jamoasi Olimpiadaning "D" guruhida Germaniya, Kot-d'Ivuar va Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi. Futbol musobaqasida 21 iyuldan 7 avgustga qadar o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo