"Real" Rodrigo yoki Marianoni qaytarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018
"Real" transfer oynasi yopilguniga qadar o'z safiga hujumchi qo'shib olishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar ustozi Xulen Lopetegi hujumchi sotib olishni talab qilmoqda, "Real" rahbariyati esa jamoa yana Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishishini istaydi.

Bosh murabbiy yulduz bo'lmagan, ammo kerakli sifatlarga ega fovard olishga rozi. Nomzodlar sifatida Mariano Dias ("Lion") va Rodrigo ("Valensiya") ko'rib chiqilmoqda. Ikkala futbolchi ham "Qirollik klubi" tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca