"Real" Mbappe va Xoland bilan shartnoma imzolasa, 852 mln evro yo'qotadi

22 fev 2021, 20:00
Madridning sportga ixtisoslashgan As nashri "Real" Kilian Mbappe (PSJ) va Erling Xolandni ("Borussiya" Dortmund) xarid qilsa, qancha mablag'dan ayrilishini hisoblab chiqdi.

Takidlanishicha, ikkala futbolchining transferi "Real"ga 300 mln evroga tushishi mumkin (har biri 150 mlndan). Bundan tashqari, fransiyalik futbolchining yillik maoshi 72 million evro, norvegiyalik forvardniki 20 million bo'ladi. Agar ikkala futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolansa, "qirollik klubi" umumiy hisobda 852 mln evro yo'qotadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As