“Real” futbolchisi “Arsenal”ga o'tishi mumkin

25 iyun 2019, 09:50
Dani Sebalos faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.

“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalosga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Takidlanishicha, “Real” Danini 45 mln funt evaziga sotishga tayyor. London klubi ham mazkur summani to'lashga tayyor.

Sebalosga Londonning boshqa bir klubi “Tottenxem” ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq ispaniyalik futbolchining “Milan”ga o'tishi mumkinligi haqida xabar qilingadi.

Sebalosning o'zi esa Madrid klubini ijara shartnomasi asosida tark etishni xohlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole