"Real" darvozaboni: "Menda 3 mingga yaqin taklif bor edi"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2018, 14:12
"Real"ning yangi darvozaboni Andrey Lunin Madrid klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Real"da to'p tepishni orzu qilardim. Ukraina matbuotiga "Qirollik klubi" muxlisi ekanligimni bir necha marta aytganman. Hozir klubning asosiy darvozaboni bo'lish haqida o'ylamayapman. Ha, bu joyni istayman, biroq hozir meni ilhomlantirayotgan narsa - "Real"da uzoq vaqt to'p tepish va jamoa bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqish.

Menda turli klublardan 3 mingga yaqin taklif bo'lganini hamma biladi, biroq "Real"ga o'tish - orzuim, pul uchun bu klubga o'tmadim. Bu yerda kumirim - Krishtianu Ronaldu o'ynaydi" - deydi Lunin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca