Ravshan Bozorov “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi

3 iyun 2014, 14:18
Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi bosh murabbiyi Jafar Irismetov o'z arizasiga binoan iste'foga chiqdi.
 Bo'shab qolgan o'ringa nomzod sifatida bir qator nomlar tilga olinayotgandi. Bunga aniqlik kiritish maqsadida klub vice-prezidenti Doniyor Hasanovga murojaat qildik. Rahbariyatning aytishicha, endilikda “bankirlar”ni Bozorov-Xvostunov tandemi boshqarib boradi.

Bungacha “NBU-Osiyo”da futbolchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Aleksandr Xvostunov jamoaning nimalarga qodirligini juda yaxshi biladi. Lekin unda tegishli licenziya yo'q. Shu bois rahbariyat boshqaruv postiga Ravshan Bozorovni olib kelishga qaror qildi.

46 yoshli murabbiy endilikda Xvostunov bilan bamaslahat ish yuritadigan bo'ldi. Bozorov bungacha “Lokomotiv” klubi qoshidagi futbol maktabida ishlab kelayotgandi. Endi murabbiy birinchi ligada ishlaydigan bo'ldi.

Aytish lozimki, Bozorov va Xvostunovdan tashqari
“NBU-Osiyo” murabbiylar shtabida Baxtiyor Qambaraliev, Arslon Tolipov hamda Dilshod Sultonov singari murabbiylar ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Abdumajid Toirov ham jamoada o'ynovchi murabbiy sifatida ishlamoqda.

Eslatib o'tamiz, “NBU-Osiyo” jamoasi 12-turdan keyin turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.


Ravshan Bozorov haqida qiziqarli faktlar  
 
Ismi familiyasi   Ravshan Bozorov     
Tug'ilgan yili   10 may 1968 yil     
Tug'ilgan joyi   Termiz,      
Bo'yi   1.76 sm     
Ampluasi   Hujumchi     
Murabbiy       
Futbolchilik faoliyati   
 
O'ynagan yillari   Jamoa   O'yin   Gol     
1986-1989   “Surxon” (Termiz)   67   (20)     
1990-1991   “Pomir” (Dushanbe)   41   (4)     
1991   “Neftchi” (Farg'ona)         12   (1)     
1992-1994   “Neftchi” (Farg'ona)   56   (18)     
1995-1996   “Paxtakor” (Toshkent)   53   (29)     
1997   “Neftchi” (Farg'ona)   25   (19)     
1998-2002   “Dinamo” Samarqand   62   (34)     
2002   “Mashal” (Muborak)   13   (9)     
2003   “Lokomotiv” (Toshkent)   ??   (??)     
2004-2005   “To'palang” (Sarosiyo)   24   (53)     
2006-2007   “Lokomotiv” (Toshkent)   24   (9)     
Milliy terma jamoada     
1992-1997   O'zbekiston MTJ   26   (5)   

Islombek Rustambekov.

Manba: championat.asia