Rasmiy xabar: Xorvatiya futbol ittifoqi Dalich bilan kelishuvni uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2020, 20:40
Bu haqda Xorvatiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar bermoqda.

53 yoshli mutaxassis bilan yangi kelishuv JCH-2022'ning oxiriga qadar uzaytirildi. Avvalgi sharnoma esa 2020 yilning 31 iyuligacha mo'ljallangandi.

Dalich termani 2017 yilning oktyabrida qabul qilib olgan bo'lib, jamoa bilan 2018 yilgi mundialning finaligacha (Fransiya 2:4) yetib bordi.

Qatarda o'tadigan navbatdagi jahon chempionati esa 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/HNS_CFF