Rasmiy xabar: "Arsenal" navbatdagi transferini amalga oshirdi
Mirjalol Normatov
10 iyul 2018
Urugvay va "Sampdoriya" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda "Arsenal" matbuot xizmati xabar bermoqda. 22 yoshli futbolchining shartnoma bandlari hozircha ma'lum qilinmagan. Britan OAV ma'lumotlariga qaraganda, uning transferi uchun "Arsenal" 30 mln evrodan voz kechgan.