Rasman: Dani Olmo – "Barselona" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024, 18:41
"Barselona" yirik transferni e'lon qildi – Dani Olmo qaytdi.

"Barselona" o'zining rasmiy sayti orqali katta transferni e'lon qildi. Kataloniya klubi "Leyptsig"dan yarim himoyachi Dani Olmoni sotib oldi. 26 yoshli futbolchi olti mavsum – 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Transfer uchun 60 mln evrodan ko'proq to'langan.

Dani Olmo "Barselona" akademiyasida 7 yil harakat qilgan. 2014 yilda Zagrebning "Dinamo"siga yo'l olgan. 

Ispaniyalik xavbek 2020 yilning yanvar oyi oxiridan beri "Leyptsig" safida to'p tepib kelayotgandi.

"Barselona" yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 17 avgust, shanba kuni "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com