Rasman: "Bunyodkor" sovrinli o'rinlarsiz qoldi

Tolibjon Qosimov
24 noya 2018, 17:31
Kecha Superligada 31-tur bellashuvlariga start berilgan edi.

Bugun ana shu tur doirasida "Bunyodkor" jamoasi "Metallurg"ni qabul qildi. Uchrashuvda Aziz Haydarovning 50-daqiqada penaltidan kiritgan goli "qaldirg'ochlar"ga 3 ochko keltirdi.

Superliga. "Bunyodkor" "Metallurg"ni mag'lub etdi

Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari o'z hisoblaridagi ochkolar sonini 21taga etkazib olishdi. Ulardan keyingi pog'onada borayotgan "Metallurg"ning ochkolari esa 16taligicha qoldi. Bundan ko'rinib turibdiki, oxirgi 32-tur natijalaridan qati nazar "qaldirg'ochlar" to'rtinchi pog'onadan pastga tushib ketishmaydi. Ulardan tepada borayotgan "Navbahor" hisobida esa 28 ochko bor. Demak, rasman "Bunyodkor" sovrinli o'rinlardan quruq qoldi. Superliga birinchi oltitaligida so'nggi tur oldidan "Bunyodkor" 4, "Metallurg" 5 va "Buxoro" 6-o'rinni egallashi aniq bo'lib qoldi.


Dushanba, 26 noyabr kuni o'tkaziladigan "Lokomotiv" - "Paxtakor" bahsi chempionlik o'yini bo'lishi mumkin.

Superligada so'nggi 32-tur uchrashuvlari 29 va 30 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Birinchi oltitalikdagi har uchchala bahs 30 noyabrda o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina "Bunyodkor" jamoasidan 6 ochko olib tashlangan edi.

Rasman: PFL "Bunyodkor"dan 6 ochko olib tashladi

Superliga turnir jadvali >>>>> Superliga

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia