RASMAN: "Bavariya" Anchelottini haydab yubordi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2017, 19:05
"Bavariya" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini iste'foga chiqardi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Jamoamizning mavsum boshidagi natijalari yoqmagan edi. Kecha ular "Bavariya" PSJga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Hasan Salixamijich va men bugun Anchelotti bilan jiddiy suhbat o'tkazdik va unga qarorimiz haqida ma'lum qildik" - deydi "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge.

Anchelotti bilan birgalikda uning yordamchilari ham ishdan bo'shatildi. "Gerta"ga qarshi o'yinda jamoani Villi Sanol maydonga olib tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia