Ramos: "Neymar meni PSJga o'tishga ko'ndirdi"

Alisher
14 iyul 2021
Yozda PSJga o'tgan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos taklif qabul qilishga kim ko'ndirganini aytdi.

"Men Neymar bilan anchadan beri gaplashaman. Bizda men "Real", u esa "Barselona"da o'ynaganiga qaramay, do'stona munosabatlar bor edi.

Aynan Neymar meni PSJga o'tishga ko'ndirdi. Men u bilan gaplashdim, shundan so'ng esa qaror qabul qildim", - deydi 35 yoshli futbolchi.

Serxio 8 iyulda PSJ o'yinchisiga aylandi va klub bilan 2023 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.


AlisherMuallif
Manba: AS