
Ramires 21 sentyabr kuni bo'lib o'tgan "Manchester Siti"ga qarshi bahsda shikastlangan edi. Uning o'rniga terma jamoaga "San-Paulu" futbolchisi Souza chaqirildi.
Braziliya terma jamoasi 11 oktyabr kuni argentinaliklar bilan, 14 oktyabrda esa yaponlar bilan o'ynaydi.