Qozog'iston. "Aktobe"da g'alaba, "Shaxtyor" va "Irtish"da mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
27 apr 2014
Bugun Qozog'iston Premer-Ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

"Aktobe" safarda "Astana"ni mag'lub etdi - 2:1. Kapadze 77, Geynrix esa 81-daqiqada maydonga tushdi. "Aktobe" 17 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-pog'onasiga chiqib oldi.

"Irtish" safarda "Qayrat"ga yutqazib qo'ydi - 1:2. O'tgan turda qizil kartochka olgan Ulug'bek Baqoev bugungi uchrashuvni o'tkazib yubordi. "Irtish" 8 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasidan o'rin olgan.

"Shaxtyor" "Qaysar"ga imkoniyatni boy berdi - 0:1. Shavkat Salomov mehmonlar safida 65-daqiqada maydonga tushdi. Kamoliddin Murzoev bu o'yinda ham maydonga tushmadi. 16 ochko jamg'argan "Shaxtyor" musobaqa jadvalining 3-o'rinidan joy olgan.
 

Qozog'iston chempionati. 8-tur
27 aprel (yakshanba)

Astana - Aktobe 1:2 ( 1:2 )
Gollar
: Zenkovich 4 (0:1), Ketevoama 15 (1:1), Xayrullin 45 (1:2)
Aktobe: Sidelnikov, Muldarov, Badlo, Miroshnichenko, Xayrullin (Kapadze 77), Neko, Arzumanyan, Tagibergen (Geynrix 81), Shabalin (Pizzeli 46), Korobkin, Zenkovich
Zaxira: Narzikulov, Carikaev, Logvinenko, Aymbetov

Ordabasi - Spartak 2:1 (1:0)
Gollar:
Mvesigva 44 (1:0), Chovich 65 (1:1), Mvesigva 73 (2:1)

Tobol - Taraz 1:0 (0:0)
Gol:
Bogdanov 51

Jetisu - Atirau 1:0 (1:0)
Gol:
Kovalev 33

Qaysar - Shaxtyor 1:0 (0:0)
Gol
: Kalinin 69
Shaxtyor: Mokin, Gabishev (Salomov 64), Malyy (Topchagich 74), Tarasov, Fernandes, Porivaev, Konisbaev, Bayjanov, Vichyus, Finonchenko, Jangilyshbay (Murtazaev 71)
Zaxira: Pokatilov, Ermekov, Vasilevich, Abuov

Qayrat - Irtish 2:1 (2:0)
Gollar
: Kuantaev 39 (1:0), Darabaev 41 (2:0), Govedrica 89 (2:1)
Irtish: Jodjo, Chernishov, Yurin, Muxutdinov (Ivanov 71), Burzanovich, Xleboun, Sartakov, Averchenko (Amanov 64), Korobov, Dudchenko (Begalin 74), Govyerdarica
Zaxira: Kalmikov, Kojabaev, Chuchman, Judovich


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia